Qorabayir: Turonning sivilizatsion kodi va dunyo merosi» strategik xalqaro loyihasining ilk taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tashabbus qilingan «Qorabayir: Turonning sivilizatsion kodi va dunyo merosi» strategik xalqaro loyihasining ilk taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha shunchaki madaniy tadbir emas, balki ippologiya, san’atshunoslik va raqamli diplomatiya chorrahasidagi me’yoriy-ilmiy asoslangan konsepsiyadir Institut jamoasi ushbu loyiha orqali Qorabayir otlarini shunchaki zot emas, balki xalqimizning «genetik va madaniy kodi» sifatida tadqiq etishni maqsad qilgan. Loyihaning ilmiy poydevori uchta muhim ustunga tayanadi:

  1. Blockchain-studbook: Otlarning shajarasini raqamli himoya qilishning zamonaviy tizimi.
  2. Ippologiya va san’atshunoslik sintezi: Asriy an’analarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish.
  3. UNESCO e’tirofi: Milliy «seyislik» san’atini jahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ilmiy dose tayyorlash.

Mazkur loyiha Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi (Boku shahri), YUNЕSKO (xalqaro ekspertlik ko‘magi), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi,  O‘zbekiston Polo federatsiyasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Chorvachilik va yaylovlarni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida olib borildi.

Bugungi uchrashuv — O‘zbekistonni Turon otlarini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha intellektual va madaniy xabga aylantirish yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi. Qorabayir — bizning o‘tmishdagi g‘ururimiz va kelajakdagi brendimizdir!

 

Boshqa xabarlar