Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga O'zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasining 2025 - yil yakuni marosimida Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabi faoliyati hamda sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlari sarhisobi yuzasidan tayyorlangan Tashakkurnoma topshirildi
Mazkur uchrashuvda Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi mutasaddilari viloyat hokimining soha rivojiga qoʻshgan hissasi, chavandozlar tayyorlash tizimini mustahkamlash, milliy sport turlarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlari hamda sportchilarni yuqori natijalarga erishishga ruhlantirishdagi oʻrni haqida alohida ta’kidlab oʻtishdi.
Mazkur uchrashuv kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ot sporti sohasini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.




