Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorati maktabi va Chavandozlar maktabiga tashrif buyurdi
Ot sporti sohasini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida Surxondaryo viloyatida bir qator tizimli ishlar va manzilli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu o'rinda viloyat hokimi U.Qosimov Termiz tumanidagi "Yangiobod" mahallasida joylashgan Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi va Chavandozlar maktabiga tashrif buyurib, maktablarning hamda viloyat Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bo'limi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktablar faoliyati yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.