Tarixiy Gʻalaba!
Bu gʻalaba — yurakda Vatan muhabbati, mashgʻulotlarda tinimsiz mehnat, maydonda esa jasorat va bir jamoa boʻlib harakat qilishning yorqin namunasi bo’ldi.
Chovken - asrlar davomida Markaziy Osiyo xalqlari hayotida muhim oʻrin egallagan, jasorat va epchillikni talab qiladigan milliy ot sporti turi. Bugun esa ana shu qadimiy merosimiz xalqaro maydonda porladi.
Osiyo chempionatda Oʻzbekiston jamoasi nafaqat texnik ustunlik, balki jamoaviy birdamlik, taktik mukammallik va ruhiy bardoshlilik bilan ajralib turdi.
Mazkur musobaqada O'zbekiston jamoasi nomidan ishtirok etgan Milliy gvardiya Toshknet shahar Chavandozlar matabining 3 nafar chavandozlari ishtirok etdi.
Bu yutuq — butun xalqimizning faxri. Sportchilarimizni, murabbiylarimizni va bu gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ushbu tarixiy voqea kelajak avlod uchun ilhom manbai boʻlsin, orzu qilgan maqsadlarga yetishish yoʻlida esa misol boʻlib qolsin.
Shuni alohida aytib o'tish kerakki, mazkur musoqada g'olib bo'lgan chavandozlarimiz kelasi yili Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.